» » Shahzoda Garri Britaniya qirollik oilasining eng ommabop a’zosi bo‘ldi

Shahzoda Garri Britaniya qirollik oilasining eng ommabop a’zosi bo‘ldi


Taxt uchun navbatda oltinchi bo‘lgan Britaniya shahzodasi Garri qirollik oilasining eng eng ommabop a’zosi hisoblanadi, deb yozadi “Kommersant”.

U nafaqat otasi — valiahd shahzoda Charlzni, balki buvisi — hukmron qirolicha Yelizaveta II ni ham ortda qoldirdi.

YouGov kompaniyasi o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, britaniyaliklarning 77 foizi 34 yoshli Sasseks gertsogi shahzoda Garrini yoqimtoy deb hisoblaydi. Ular shahzodani “maftunkor”, “yoqimtoy”, “hazilkash”, “quvnoq” sifatlari bilan ta’rifladi.

Qirolicha Yelizaveta II 74 foiz ovoz bilan reytingning ikkinchi pog‘onasida joylashdi. Taxtga navbatda uchinchi bo‘lgan Kembridj gertsogi Uilyam 73 foiz ovoz to‘pladi. Bo‘lajak qirol — shahzoda Charlzga esa so‘rov ishtirokchilarining 48 foizi ovoz berdi. U nafaqat kelinlari Kembridj gertsoginyasi Ketrin (64 foiz) va Sasseks gertsoginyasi Megan (55 foiz)dan, balki o‘z otasi Edinburg gertsogi Filipp (56 foiz)dan ham ortda qolib ketdi. Shahzoda Charlzning rafiqasi — Kornuoll gertsoginyasi Kamilla ommaboplik reytingida undan ham past o‘rinni egalladi (29 foiz).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-11-2018, 12:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют