» » Paradzyudo. O‘zbekistonlik sportchilar Portugaliyadagi Jahon chempionatini 6 ta medal bilan yakunladi

Paradzyudo. O‘zbekistonlik sportchilar Portugaliyadagi Jahon chempionatini 6 ta medal bilan yakunladi


Portugaliyaning Odivelash shahrida paradzyudo bo‘yicha Jahon chempionati nihoyasiga yetdi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.

Bellashuvlarning ikkinchi kunida o‘zbekistonlik ikki nafar sportchi shohsupaga ko‘tarilldi. -70 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan Vasila Aliboyeva musobaqa davomida Italiya, Rossiya va Meksika vakilalarini mag‘lubiyatga uchratib, finalgacha yetib bordi. Hal qiluvchi jangda braziliyalik raqibasiga imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan kifoyalandi.

+100 kg vazn toifasidagi bahslarda qatnashgan Shirin Sharipov ilk jangida gruziyalik sportchidan ustun keldi. Chorak finalda Janubiy Koreya terma jamoasi vakiliga yutqazib qo‘ydi. Bronza medali uchun kechgan janglarda esa Jazoir va rossiyalik ikki nafar sportchidan ustun keldi.

Natijada O‘zbekiston sharafini himoya qilgan paradzyudochilar Portugaliyadagi Jahon chempionatini 1 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan yakunladi. O‘zbekiston umumjamoa hisobida esa 42 mamlakat ichida to‘rtinchi o‘rinni egalladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-11-2018, 16:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют