» » O‘zbekiston terma jamoasi qilichbozlik bo‘yicha Jahon kubogi?da tarixda ilk bor kumush medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston terma jamoasi qilichbozlik bo‘yicha Jahon kubogi?da tarixda ilk bor kumush medalni qo‘lga kiritdi


Toshkentda qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha o‘smir qizlar o‘rtasida Jahon kubogi bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi qilichbozlari jamoaviy bahslarda kumush medalga ega chiqdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Musobaqaning jamoaviy yo‘nalishida ishtirok etgan O‘zbekiston termasi qilichbozlari tarixda ilk marotaba Jahon kubogida shohsupaga ko‘tarildi. Ular musobaqa davomida Moldova va Germaniya terma jamoasi vakillarini mag‘lub etdi. Final bosqichida esa rossiyalik raqiblarga mag‘lub bo‘lib, kumush medal bilan kifoylanishdi. Bahslarda terma jamoa sharafini Zaynab Dayibekova, Sevinch Ismoilova, Shaxnoza Tog‘aymurodova va Aysulu Usnatdinovalar himoya qildi.

Yakkalik bahslarida bosh mukofotga bolgariyalik Yoana Iliyeva ega chiqdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar mos ravishda rossiyalik sportchilar Valena Kobzeva va Alina Mixaylovaga nasib qildi.

Mazkur natijadan so‘ng o‘zbekistonlik qizlar jahon reytingida 12-o‘ringa ko‘tarillib oldi. Osiyo qit’asida esa kuchli uchlikka kirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-11-2018, 17:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют