» » Turkiya kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya Jizzaxga tashrif buyurdi

Turkiya kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya Jizzaxga tashrif buyurdi


Turkiya Respublikasining T?rk Pazarlama Dan??manl?k va Arvena D?? Tic ve Dan??manl?k kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya Jizzax viloyatida bo‘ldi, deb yozadi O‘zA.

Delegatsiya a’zolari viloyat hokimi E. Soliyev bilan uchrashdi. Unda Arvena D?? Tic ve Dan??manl?k kompaniyasi rahbari Yunus Ig‘dir, T?rk Pazarlama Dan??manl?k kompaniyasi bosh menejeri Tamer O‘zturk kompaniyalari faoliyati haqida ma’lumot berdi. Ishbilarmonlar jizzaxlik tadbirkorlar bilan hamkorlikda ishlash niyatida ekanligini bildirdi.

Viloyat hokimi mehmonlarni hududning investitsion imkoniyatlari bilan tanishtirdi. Hokim e’tiborni mehmonxonalar, meva-sabzavotni qayta ishlash va qadoqlash korxonalari, meva-sabzavot saqlaydigan katta hajmdagi muzlatgichlar qurish, baliqchilikni rivojlantirish istiqbollariga qaratdi. Viloyatda logistika markazlari tashkil etish taklifini ilgari surdi.

Uchrashuv davomida mehmonlarga viloyat iqtisodiy imkoniyatlari haqidagi videorolik namoyish etildi. Delegatsiya a’zolarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.

Turkiyalik ishbilarmonlar tashrif davomida “Jizzax tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati hamda Jizzax shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-11-2018, 23:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют