» » Qirg‘izistonlik taksi haydovchisi moskvalik qizni hamyonini qaytarish uchun 8 soat kutdi

Qirg‘izistonlik taksi haydovchisi moskvalik qizni hamyonini qaytarish uchun 8 soat kutdi


Moskvada istiqomat qiluvchi Varya Borsova o‘zining karmonini qaytarish uchun qirg‘izistonlik taksi haydovchisini sakkiz soat kutgani haqida hikoya qildi, deya xabar berdi O‘zA.

Qiz o‘zining Facebook’dagi sahifasida ertalabki soat beshda qirg‘izistonlik taksichi aeroportdan uyga olib kelib qo‘yganini yozdi. Uning so‘zlariga qaraganda, soat 13:00 da uyqudan uyg‘onganida, hujjat, pul va kredit kartlarini taksida unutib qoldirganini payqab qolgan. Shoshib qolgan qiz taksi xizmatiga qo‘ng‘iroq qilgan va hatto rus mafiyasi hujjatlarini o‘g‘irlab, hisob kartlaridagi pullariga Sochida kayf-safo qilayotgan bo‘lishi mumkin, degan xayollarga borgan.

“Men bank kartalarimni bloklash va yo‘qolgan hujjatlarimni tiklashdek ovorayi sarsonlik jarayoniga tayyorgarlik ko‘ra boshlaganimda otam derazadan ko‘cha tomon qarar ekan: “Pastda taksi oldida turgan yigit balki sening haydovchingdir?”, dedi. Men ko‘chaga yugurib tushdim va haqiqatan ham u meni 8 soat avval uyga olib kelgan qirg‘izistonlik taksi haydovchisi edi. U meni pastda kutib turgan va bu binoda yashaydigan har bir insondan meni so‘rab-surishtirgan”, —deydi Borsova.

“Qayerda edingiz? Shunchalik ham uxlaydimi odam? Bu yerda men muzlab qoldim”, dedi yigit. Men yig‘lab yubordim. U ham yig‘ladi. Men uni bag‘rimga bosdim. Bu insonning halolligiga tan berish kerak. Mana odamlar qanday bo‘lishi kerak”, — deya qo‘shimcha qiladi Moskvada yashovchi qiz.

Varya Borsova yigitning ism-sharifini so‘rashni unutganini ta’kidlaydi. Qiz qirg‘izistonlikka minnatdorlik bildirdi hamda yigitning kutgan va mijozlarini yo‘qotgan vaqti uchun tovon sifatida besh barobar ko‘p miqdorda haq to‘lagan. Keyinroq qiz Facebook‘dagi postiga yozgan izohida taksichi yigitning ism-sharifi Qayrat Tentimishev ekanligini ma’lum qildi.

Qirg‘iziston OAVdagi izohlarida qiz bir vaqtlar Bishkekda bo‘lganini va mamlakatni yaqindan bilish uchun yana uzoq muddatga borish niyatida ekanligini bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-11-2018, 09:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 110) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют