» » “Buni senzura deb qabul qilmayman”. “O‘zbekkonsert” rahbari badiiy kengashdan 32 ta video klip o‘tmagani haqida ma’lum qildi (video)

“Buni senzura deb qabul qilmayman”. “O‘zbekkonsert” rahbari badiiy kengashdan 32 ta video klip o‘tmagani haqida ma’lum qildi (video)


“O‘zbekkonsert” DM direktori Odiljon Abduqahhorov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Odiljon Abduqahhorov intervyu davomida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshidagi qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash badiiy kengashi faoliyatiga to‘xtalib o‘tdi.

‘O‘zbekkonsert’ davlat muassasasi qoshidagi qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash badiiy kengashini tashkil etishning o‘zi ham oson bo‘lmaydi. Sababi, buning mas’uliyati ham katta bo‘ladi, har bitta chiqayotgan video klipga bevosita javobgar shaxs hisoblanib qolasiz. Bundan tashqari xonandalarga, bu kengashning ular uchun foydali tomonlarini tushuntirish ishlari olib borishga ham ancha vaqt ketdi. Bugungi kunda badiiy kengash o‘zining faoliyatini to‘liq yo‘lga qo‘ydi. Hozirgacha badiiy kengashda 162 klip o‘rganib chiqilib, shundan 36 klip badiiy kengashdan bir ovozdan o‘tdi, 32 ta video klip esa badiiy kengashdan o‘tmadi. Video kliplardan 94 tasi qayta ishlanib, efirga berishga tavsiya berildi. Badiiy kengashni yo‘lga qo‘ygan vaqlarimizda ko‘plar buni senzura, ijod erkinligini bo‘g‘ish deb tushunib, e’tirozlar bildirildi. Bu yerda birinchi navbatda ma’naviyat turadi. Buni senzura deb qabul qilmayman, yoshlarimizning ongiga o‘zimizga xos bo‘lgan ma’naviyamizni, ma’rifatimizni singdirishimiz kerak.

Odiljon Abduqahhorov, “O‘zbekkonsert” DM direktori



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-11-2018, 11:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют