» » Ektor Kuper boshliq O‘zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyaga yirik hisobda yutqazdi

Ektor Kuper boshliq O‘zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyaga yirik hisobda yutqazdi


20-noyabr, seshanba sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlari doirasida Avstraliyada Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi.

Birinchi bo‘limda Janubiy Koreya terma jamoasi 9 hamda 24-daqiqada 2 ta gol urishga erishdi. Ikkinchi bo‘limning 69 va 81-daqiqalariga kelib koreyaliklar yana 2 ta gol urib, uchrashuvni 4:0 hisobida o‘z foydasiga hal qildi.

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi Ektor Kuper boshchiligidagi 6-o‘yinni yirik mag‘lubiyat bilan yakunladi.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin O‘zbekiston terma jamoasi Avstraliyadagi yig‘in doirasida Livanga qarshi bahs olib borib 0:0 hisobidagi durang natijasini qayd etgandi.

O‘rtoqlik uchrashuvi

20-noyabr, seshanba

Janubiy Koreya—O‘zbekiston 4:0

Gollar: 1:0 — 9 Nam Tae Xi, 2:0 — 24 Hvang Ui Jo, 3:0 — 69 Mun Son Min, 4:0 — 81 Suk Hyonjun.

O‘zbekiston: 1.Ignatiy Nesterov - 2.Akmal Shorahmedov, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 5.Anzur Ismoilov, 13.Oleg Zoteyev - 7.Odiljon Hamrobekov, 16.Otabek Shukurov - 17.Doston Hamdamov (6.Husniddin G‘ofurov, 74), 22.Javohir Sidiqov (8.Ikrom Aliboyev, 64), 15.Aziz Turg‘unboyev (10.Marat Bikmayev, 46) - 14.Eldor Shomurodov.

Janubiy Koreya: Jo Xyon Vu, Kim Yong Vun (Kvon Kyung Vun, 63), Jung Song Hyun (Park Ji Su, 82), Li Yong, Park Ju Ho (Hong Chul, 75), Hvang In Bom, Ju Se Jong, Nam Tae Xi (Mun Son Min, 51), Li Chung Yong (Li Jin Xyun, 75), Na Sang Xo, Hvang Ui Jo (Suk Hyonjun, 69)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-11-2018, 17:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 97) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют