» » Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh kotibi o‘rinbosarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh kotibi o‘rinbosarini qabul qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-noyabr kuni BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, Jeneva shahridagi BMT bo‘linmasi bosh direktori Maykl Myollerni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbari BMT vakillik delegatsiyasining 22-noyabr kuni Samarqand shahrida o‘z ishini boshlaydigan Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumida ishtirok etish uchun respublikaga tashrifi BMT va O‘zbekiston o‘rtasida mustahkamlanib borayotgan ikki tomonlama hamkorlikning yana bir tasdig‘i ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston Respublikasining BMT bilan ikki tomonlama hamkorligi rivojlanishining istiqbollari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi muhim masalalar muhokama qilindi.

Orol iqtisodiy halokati oqibatlarini yumshatish bo‘yicha dunyo hamjamiyati harakatlarini birlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar, shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solishda har tomonlama ko‘mak ko‘rsatish masalalarini ko‘rib chiqdi.

BMT Bosh kotibi o‘rinbosari Maykl Myoller iliq qabul uchun davlat rahbariga minnatdorlik bildirdi, shuningdek, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning samimiy salom va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Maykl Myoller BMT O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda o‘zaro ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va konstruktiv hamkorlik aloqalarini mustahkamlash bo‘yicha harakatlarini to‘liq quvvatlashini bildirdi.

BMTning O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyorligi tasdiqlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-11-2018, 21:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют