» » Hindistondagi to‘yda kuyov o‘qdan yaralandi, ammo xursandchilik qilishda davom etdi

Hindistondagi to‘yda kuyov o‘qdan yaralandi, ammo xursandchilik qilishda davom etdi


Hindiston poytaxti Nyu-Delida kuyov to‘y vaqtida o‘qdan yaralandi, ammo tantanani to‘xtatishni istamadi, deb yozadi Rambler.

Kelin-kuyov foytun (kareta)da qarindoshlari qurshovida nikoh marosimi uchun restoranga ketayotgan vaqtida kutilmaganda ikki erkak ularning yoniga chiqib oldi va kuyovga qarata o‘q uzdi.

Yigit o‘ng yelkasidan yaralandi, yovuz niyatlilar esa qochib qoldi. Kuyovni kasalxonaga yetkazishdi, ammo uch soatdan keyin u to‘yga qaytib kelib, xursandchilik qilishda davom etdi.

Marosim tugagach, kuyov yana kasalxonaga ketishga majbur bo‘ldi, unga jarrohlik amaliyoti talab etilishi mumkin.

Guvohlar da’vo qilishicha, o‘q uzgan shaxslar mototsiklda kelgan. Politsiya taxminiga ko‘ra, hujumga mehmonlar bilan janjal yoki kuyovga nisbatan shaxsiy nafrat sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-11-2018, 11:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют