» » Sirdaryoda bir oilaning hamma a’zolari is gazidan zaharlandi

Sirdaryoda bir oilaning hamma a’zolari is gazidan zaharlandi


O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, keyingi bir sutkada is gazidan zaharlanish, yong‘indan kuyish bilan bog‘liq bir necha holat qayd etilgan, deb yozadi O‘zA.

Bu borada ogohlikka da’vat etuvchi targ‘ibot ishlariga qaramay, ayrim kishilar o‘z bilganicha ish tutmoqda. Kuni kecha Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida yashovchi uy bekasi N.X. 14 yoshli o‘g‘li Sh.Q. hamda 12 yoshli jiyani T.Q. bilan birga isitish pechidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib, kasalxonaga yotqizilgan.

Jizzax viloyatining Baxmal tumanida yashovchi uy bekasi N.G. esa o‘choqda olov yoqish vaqtida yelim idishda bo‘lgan gaz kondensatidan sepgan. Deraza tokchasida yonib turgan shamchiroqqa gaz kondensati sachrab tushishi oqibatida chaqnash sodir bo‘lib, yong‘in kelib chiqqan. Natijada N.G. hamda shu paytda uyida mehmonda bo‘lgan qo‘shnisining o‘g‘li 11 yoshli A.U. kuyish jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan.

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida yashovchi uy bekasi M.R. uyida istish pechiga ko‘mir yoqib, nazoratsiz qoldirishi oqibatida ko‘mir isidan zaharlanib kasalxonaga yotqizilgan.

Xorazm viloyatining Urganch shahrida yashovchi pensioner M.A. hammomdagi isitish pechini yoqish maqsadida gugurt chaqqan vaqtida pechdan sizib chiqib to‘planib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan. Oqibatda u kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Navoiy viloyatining Karmana tumanida yashovchi N.T. ning qurilishi tugallanmagan uyida yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Biroq, yong‘in oqibatida uyning 9 kvadrat metr maydoni, shift qismi yonib zarar ko‘rgan. Yong‘in o‘chirish vaqtida shu uyda yollanib ishlayotgan A.B kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in A.B. mast holda sigareta chekib uxlab qolishi oqibatida kelib chiqqan.

Sodir bo‘lgan barcha holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-11-2018, 13:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 114) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют