» » O‘zbekiston tez tibbiy yordam xizmatini aviatsiya texnikasi bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda

O‘zbekiston tez tibbiy yordam xizmatini aviatsiya texnikasi bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda


2018-yilning o‘tgan 11 oy davomida shoshilinch tibbiy yordam xizmatiga aholidan 8 milliondan ko‘proq murojaat tushgan. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Murojaatlarning 7 milliondan ko‘prog‘iga tez tibbiy yordam tizimi orqali tibbiy xizmat ko‘rsatildi. Bir milliondan oshiq bemor esa respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududiy filiallarida statsionar va ambulator sharoitda davolandi.

“Keyingi yillarda davlat byudjetidan soha uchun 1269 ta ixtisoslashtirilgan avtotransport xarid qilindi va hududlarning ushbu texnikaga bo‘lgan ehtiyoji to‘liq qoplandi, dori-darmon va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash uch barobarga ko‘paydi”, — deyiladi vazirlik axborotida. Jumladan, bugungi kunda har bir chaqiriq uchun minimal xarajatlar 5000 so‘m miqdorida belgilangan. Bu ko‘rsatkich 2016-yilda 748 so‘mni, 2017-yilda 1627 so‘mni tashkil etgan edi.

O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 25-yanvarda qarorida tez tibbiy yordam mashinalarining kamida 10 foizini maxsus reanimatsiya mashinalari tashkil etishi lozimligi belgilangan edi. Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi bosh shifokori Davron Sultonovning ta’kidlashicha, bugungi kunga kelib tez tibbiy yordam xizmati avtoparki mashinalarining 10 foizini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan, xorijda ishlab chiqarilgan Hyundai, Nissan va Toyota rusumli reanimobillar tashkil etmoqda.

Prezidentning 2018-yil 16-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, tez tibbiy yordamning avtotransport parkini yanada zamonaviylashtirish, tez tibbiy yordam mashinalarini ratsiyalar bilan jihozlash, Call-markazlar faoliyatini rivojlantirish, tibbiyot xodimlari yetib kelgunga qadar va shifoxonagacha bo‘lgan bosqichda tibbiy yordamni takomillashtirish, kadrlar malakasini oshirish, diagnostika va davolash amaliyotiga yangi texnologiyalarni joriy etish ishlari davom etayapti.

“Shuning bilan bir qatorda, endilikda tez tibbiy yordam xizmatini aviatsiya texnikasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari ham ko‘rilayotir”, — deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-11-2018, 17:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 115) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют