» » O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarni notarial tasdiqlash faqat gerbli blankalarda amalga oshiriladi

O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarni notarial tasdiqlash faqat gerbli blankalarda amalga oshiriladi


Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarni notarial tasdiqlashni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Prezidentning 2018-yil 25-maydagi qarori bilan 2019-yil 1- yanvardan ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarni notarial tasdiqlash faqat gerbli blankalarda amalga oshirilishi belgilangan.

Qarorga muvofiq ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar uchun gerbli blankalar Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl bo‘yicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadi.

Ko‘chmas mulkni ayirboshlash shartnomasining ikki nusxasi, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq qolgan barcha bitimlarning bir nusxasi gerbli blankalarda rasmiylashtiriladi va gerb yig‘imi eng kam oylik ish haqining 10 foizi (20 ming 273 so‘m) miqdorida undiriladi.

Shuningdek, qarorga ko‘ra gerb yig‘imidan tushadigan mablag‘larning 50 foizi tuman va shaharlar byudjetlariga, 50 foizi Adliya vazirligiga o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-11-2018, 22:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 119) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют