» » Namangandagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarida narx pasayishni boshladi

Namangandagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarida narx pasayishni boshladi


Namangandagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarida 16-noyabrdan boshlab 1 kubometri 1850 so‘mdan 2100 so‘mgacha ko‘tarilgan metan gaz narxi tushishni boshladi. Bu haqda Iste’molchilar huquqlarini himoya kilish jamiyatlari federatsiyasi Namangan viloyat hududiy birlashmasi raisi Orifjon Boyboyev ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Turon 24”.

“Narxlar ko‘tarilgan kundan boshlab avtomobillarga gaz quyish shoxobchalaridagi holatni monitoring qilishni boshladik. Monitoring natijalari viloyatdagi shoxobchalarda narxlar o‘rtacha 250 so‘mga, ya’ni bir kubometr gaz uchun 1850 so‘mdan 2100 so‘mgacha oshganini ko‘rsatdi. Moliya vazirligi tomonidan narx oshirilishi asossiz ekanligi va bu holat davom etgan taqdirda sanksiyalar qo‘llanishi haqidagi ogohlantiruvdan keyin xodimlarimiz tomonidan qayta monitoring o‘tkazildi. 24-noyabrga kelib, narxlar o‘rtacha 2100 so‘mdan 1900 so‘mgacha tushdi”, — deydi Boyboyev.

Ma’lum qilishlaricha, gaz quyish shoxobchalari orasida bundan ham arzon – bir kubometr gazni 1690 so‘mdan sotayotganlari ham bor. Biroq ular barmoq bilan sanarli. “Ayni paytda 2100 so‘m narxni hali pasaytirmagan shoxobchalar ham uchrab turibdi”, — deydi Orifjon Boyboyev. Birlashma raisining hisob-kitobiga ko‘ra, viloyatdagi gaz quyish shoxobchalarining 70—80 foizi narxni pasaytirgan.

“Shoxobchalarda gaz narxi oshganidan so‘ng birlashmamizga haydovchilar va yo‘lovchilar tomonidan qo‘ng‘iroqlar, Telegram kanalimizga murojaatlar soni keskin ko‘paydi. Bugungacha shu masalada 140 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, ularning asosiy qismi — 60 tasi Namangan shahriga, 35 tasi To‘raqo‘rg‘on, 30 tasi Kosonsoy, 10 tasi Namangan va 5 tasi Yangiqo‘rg‘on tumaniga to‘g‘ri keladi. Avtomobillar quyayotgan gaz narxining ko‘tarilishi o‘z-o‘zidan yo‘lkiraning oshishiga olib kelgan. Masalan, murojaatlarda ‘Haqqulobod – Lola’ yo‘nalishi 4 ming so‘mdan 5 ming so‘mga, ‘Uchqo‘rg‘on – Namangan’ yo‘nalishi esa 4 mingdan 6 ming so‘mga ko‘tarilgani bildirilgan. Viloyat markazida ham taksi va Damas mashinalarida yo‘lkira o‘rtacha 30 foizga oshgan. Bugundan shoxobchalarda narx eski holatiga qaytmoqda, endi yo‘lkira pasayishini ham kuzatamiz. Agar o‘zgarish bo‘lmasa, ‘O‘zavtotranc’ agentligining viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda ishlaymiz”, – deydi Namangan shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi Husanboy Aliyev.

Viloyatdagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarida narxlar tusha boshlaganini haydovchilar ham tasdiqladi. “Hozir Pop tumanidan kelyapman. Shoxobchada gazning bir kubometrini 1900 so‘mdan quyib berishdi. Bosim ham me’yordagidek, avvalgidek past emas”, — deydi Akmal Dadamirzayev. Namangan shahridagi gaz quyish shoxobchalaridan biridan chiqib kelgan “Jiguli” haydovchisi Ilhom Sobirjonov ham narxlar arzonlashganini aytdi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda Namangan viloyatida avtomobillarga metan gaz quyish faoliyati bilan 77 ta shoxobcha shug‘ullanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-11-2018, 23:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют