» » Toshkent viloyati IIB YHXB tomonidan navbatdagi “Qizil chiroq!” tadbiri o‘tkazilmoqda

Toshkent viloyati IIB YHXB tomonidan navbatdagi “Qizil chiroq!” tadbiri o‘tkazilmoqda


Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, svetofor o‘rnatilgan chorrahalarda, piyodalar o‘tish yo‘llarida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘l-transport hodisalarini oldini olish, qolaversa, haydovchilar tomonidan svetofor, shuningdek YPX inspektorining ishora qoidalariga rioya etilishini ta’minlash iborat, deya xabar berdi Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati.

O‘tkazilgan “Qizil chiroq!” tadbirida YPX inspektorlari tomonidan MJtKning 1284-moddasi ya’ni, “Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan o‘tish” ma’muriy huquqbuzarligiga yo‘l qo‘ygan jami 152 nafar haydovchilar aniqlanib, ularga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Shuningdek, 34 nafar haydovchilarga nisbatan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnomalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va qo‘shni viloyatlarga ko‘rib chiqish uchun jo‘natildi.

Toshkent viloyatida ro‘yxatda turuvchi 118 nafar haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, jami 48 million 452 ming 470 so‘m miqdorda jarima belgilandi va undirish choralari ko‘rilmoqda.

Bundan tashqari, tadbir davomida shohbekatlar va avtoturargohlarda, korxonalar, tashkilotlar hamda mahallalarda svetofor ishorasiga bo‘ysunmaslik oqibatida sodir bo‘layotgan yo‘l transport hodisalari va ularning oqibatlari, shuningdek svetofor ishoralariga bo‘ysunmagan haydovchilarga qanday ma’muriy choralar ko‘rilishi haqida tushuntirish targ‘ibot suhbatlari tashkil etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-11-2018, 13:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 122) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют