» » Samarqandda mehmonxonada fohishaxona taklif qilgan fuqaro o‘z jinoyatini yashirish uchun IIB xodimiga pora taklif qildi

Samarqandda mehmonxonada fohishaxona taklif qilgan fuqaro o‘z jinoyatini yashirish uchun IIB xodimiga pora taklif qildi


Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan fuqarolarni jinsiy ehtiyojini qondirish uchun sharoit yaratib bergan Art Luxur mehmonxonasi ish yurituvchisi qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar berdi.

Samarqand viloyat IIB matbuot xizmati rahbari Shirin Normatovaning ma’lum qilishicha, 2018-yilning 19-noyabr kuni soat taxminan 21:00 larda Samarqand shahar, M.Qoshg‘ariy ko‘chasida joylashgan Art Luxur mehmonxonasi xizmatchilari Buxoro viloyati, Jondor tumanida yashovchi M.A., S.A. hamda Sh.X.ning jinsiy ehtiyojini qondirish uchun 190 ming so‘m evaziga sharoit yaratib bergan.

Tadbir ishtirokchilari Samarqand viloyati IIB XTTB binosiga olib kelinib tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.

Tadbirning ertasi kuni, ya’ni 20-noyabr kuni Art Luxur mehmonxonasi ish yurituvchisi F.R. Samarqand viloyat IIB XTTB Delegatsiyalar xavfsizligini ta’minlash bo‘limi jinoyat qidiruv guruhi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakili M.B.ga ishlarni yopish uchun 200 AQSh dollarini pora sifatida taklif qilgan.

Mehmonxona ish yurituvchisi F.R. IIB xodimiga 300 AQSh dollari berayotgan vaqtida IIV O‘z xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati bo‘limi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-11-2018, 19:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют