» » Azov va Qora dengizlardagi vaziyat yuzasidan BMT Xavfsizlik kengashi shoshilinch majlisi o‘tkaziladi

Azov va Qora dengizlardagi vaziyat yuzasidan BMT Xavfsizlik kengashi shoshilinch majlisi o‘tkaziladi


AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli Azov va Qora dengizlardagi vaziyat yuzasidan BMT Xavfsizlik kengashi shoshilinch majlisi 26-noyabr, dushanba kuni mahalliy vaqt bilan 11:00 (Toshkent vaqti bilan 21:00)da bo‘lib o‘tishini tasdiqladi, deb yozadi “Interfaks”. Bu haqda diplomat o‘z Twitter’ida yozdi.

Avvalroq BMT Xavfsizlik kengashi majlisi haqida Rossiyaning tashkilotdagi doimiy vakili ma’lum qilgan edi.

“Azov dengizidagi vaziyatning xavfli tus olishi va uning ortidan yuz bergan voqealar munosabati bilan Rossiya 26-noyabr kuni ertalab kun tartibining “Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash” bandi bo‘yicha Xavfsizlik kengashi ochiq majlisini o‘tkazishni so‘radi”, — degan edi Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakat Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi majlisida Ukrainada harbiy holat e’lon qilishni taklif etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-11-2018, 09:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют