» » Dеnovda 32 ta yosh oilaga “Yoshlar uylari” topshirildi

Dеnovda 32 ta yosh oilaga “Yoshlar uylari” topshirildi


Surxondaryoda o‘tkazilgan “O‘zbekiston yoshlari – yangi zamon bunyodkorlari” shiori ostidagi yoshlar festivali doirasida denovlik 32 nafar yosh oilaga “Yoshlar uylari” taqdim etildi. Bu haqda Surxondaryo hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uy kalitlarini o‘z egalariga O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari B.Ochilov hamda Denov tumani hokimi B.Ibatov topshirdi.

“Yoshlar uylari” O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi, shuningdek mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, jamiyatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan yosh oilalarga boshlang‘ich badalsiz, 20 yil muddatga imtiyozli ipoteka kreditlari asosida berildi.

“Bugun oilamiz uchun quvonchli kun bo‘ldi. Biz yoshlarga qaratilayotgan bunday yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikdan mamnunmiz. Kelajakda bu uylarda kamolga yetadigan farzandlarimiz ham shu yurtga munosib insonlar bo‘lib ulg‘ayishiga ishonaman”, – deydi yangi xonadon sohibi Ollomurod Mirzayev.

Namunaviy loyiha asosida qurilgan ushbu uylarda farovon yashash uchun barcha qulaylik yaratilgan. Isitish tizimi, issiq, sovuq suv, gaz va elektr ta’minoti barcha texnik talablarga ko‘ra jihozlangan. Uylar oldida bolalar o‘yin maydonchalari, avtoturargoh ham qurilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-11-2018, 14:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют