» » BMT Xavfsizlik kengashi Shimoliy Koreya sanksiyalarni chetlab o‘tib amalga oshirayotgan harakatlardan tashvish bildirdi

BMT Xavfsizlik kengashi Shimoliy Koreya sanksiyalarni chetlab o‘tib amalga oshirayotgan harakatlardan tashvish bildirdi


BMT Xavfsizlik kengashi o‘zining yopiq yig‘ilishida Shimoliy Koreya unga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalarni chetlab o‘tib amalga oshirayotgan harakatlarni qoraladi, deb xabar beradi “Interfaks”.

Yig‘ilishda Pxenyan sanksiyalarda ko‘zda tutilgan savdo va moliyaviy cheklovlarni chetlab o‘tishning ustamonlik bilan o‘ylab topilgan yo‘llaridan foydalanayotgani ta’kidlandi. Jumladan, KXDRning Malayziyadagi Glocom kompaniyasi Shimoliy Koreyada ishlab chiqarilgan qurol-yarog‘ qismlarini Xitoy vositachilari va Singapurdagi ofis yordamida Eritreyaga sotish bilan shug‘ullanmoqda.

Shuningdek, yig‘ilishda BMT sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilgan KXDR kompaniyalari va banklari pul o‘tkazmalari, chegara orqali insonlar va mahsulotlarni o‘tkazishda tayyorgarlikka ega agentlar orqali harakat qilayotgani bildirildi.

Опубликовано: admin (28-02-2017, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют