» » YChL. “Real” “Roma”ni taslim qildi, “Bavariya” “Benfika”ga 5 ta gol urdi, “Man Siti”da esa durang (video)

YChL. “Real” “Roma”ni taslim qildi, “Bavariya” “Benfika”ga 5 ta gol urdi, “Man Siti”da esa durang (video)


27-noyabr, seshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi musobaqasining 4 ta guruhida 5-tur bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

“E” guruhining ilk o‘yinida “Ayaks” jamoasi Afinada AYEK klubi mehmoni bo‘lib, Dushan Tadichning dubli evaziga g‘alaba qozondi.

“Bavariya” esa mazkur turda o‘z maydonida “Benfika” bilan kuch sinashib, 5:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Mezbonlar safida Aryen Robben va Robert Levandovski dublga erishdi, yana bir gol esa Frank Riberi hisobiga yozildi. Mehmonlarning yagona javob goliga Jedson Fernandesh mualliflik qildi.

“F” guruhi peshqadami “Manchester Siti” Fransiyada “Lion”ga qarshi bahs olib borib, 2:2 hisobida durang qayd etdi. Mezbonlar safida Kornye dublga erishgan bo‘lsa, “Siti” tarkibida Emerik Lyaport hamda Sexio Aguero bittadan gol kiritdi.

Germaniyada “Hoffenhaym” klubi Donetskning “Shaxtyor” klubi bilan bahs olib borib, 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

“G” guruhining ilk o‘yini Moskvada kechdi. Unda SSKA jamoasi Chexiyaning “Viktoriya P” klubini qabul qilib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Guruhda karvonboshilikni bo‘lishib turgan “Roma” va “Real Madrid” esa Rimda o‘zaro hisob-kitob qilib oldi. O‘yinda hisob 47-daqiqada Garet Beyl tomonidan ochilgan bo‘lsa, 59-daqiqada Lukas Vaskes madridliklarning 2-golini kiritib o‘yinga yakuniy nuqta qo‘ydi.

“H” guruhida esa “Manchester Yunayted” jamoasi Shveysariyaning “Yang Boyz” klubini qabul qilib, o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarning so‘nggisida Maruan Fellaini tomonidan urilgan gol evaziga qimmatli uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

Guruh peshqadami “Yuventus” bo‘lsa, Ispaniyaning “Valensiya”sini Turinda mehmon qilib, Mario Manjukichning 59-daqiqada kiritgan goli sabab g‘alaba qozondi.

Chempionlar Ligasi

5-tur bahslari

27-noyabr, seshanba

“E” guruhi

Gollar: 0:1 – 68, penalti Tadich, 0:2 – 72 Tadich.

Gollar: 1:0 – 13 Robben, 2:0 – 30 Robben, 3:0 – 36 Levandovski, 3:1 – 46 Jedson Fernandesh, 4:1 – 51 Levandovski, 5:1 – 76 Riberi.

“F” guruhi

Gollar: 1:0 – 55 Korne, 1:1 – 62 Laport, 2:1 – 81 Korne, 2:2 – 83 Aguero.

Gollar: 0:1 – 13 Ismoili, 0:2 – 15 Tayson, 1:2 – 17 Kramarich, 2:2 – 40 Suber, 2:3 – 90 Tayson.

“G” guruhi

Gollar: 1:0 – 10, penalti Vlashich, 1:1 – 56 Proxazka, 1:2 – 81 Geyda.

Gollar: 0:1 – 47 Beyl, 0:2 – 59 Vaskes.

“H” guruhi

Gol: 1:0 – 90 Fellaini.

Gol: 1:0 – 59 Manjukich.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-11-2018, 09:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют