» » Mudofaa vazirligi qo‘shinlari o‘quv-jangovar vazifalarni bajarish punktlariga tashlandi (foto)

Mudofaa vazirligi qo‘shinlari o‘quv-jangovar vazifalarni bajarish punktlariga tashlandi (foto)


O‘zbekiston Prezidentining tegishli farmoyishiga muvofiq, 26-noyabr erta tongda Mudofaa vazirligi qo‘shinlari o‘quv trevogasi bo‘yicha ko‘tarilgan bo‘lib, hozirda ham uning doirasidagi tashkiliy tadbirlar davom etmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Mamlakat Mudofaa vazirligi qo‘shinlari jangovar shayligini majmuaviy tekshirishning ikkinchi bosqichida jangovar harakatlarni bajarishda belgilangan punktlarga shaxsiy tarkib hamda harbiy texnikalarning avtomobil va temiryo‘l texnikasi yordamida olib o‘tilishi bilan qo‘shinlarning tezkorligi va shayligi namoyish etildi.

Shunday qilib, Mudofaa vazirligi qo‘shinlari sakkizta poligonga joylashtirildi. O‘quv mashg‘ulotlari bo‘yicha navbatdagi harakatlar “Sho‘rsu”, “Angren”, “Forish”, Kattaqo‘rg‘on”, “Nuriston”, “Termiz” va “Nukus” poligonlarida bo‘lib o‘tyapti, harbiy okruglarning birlashgan guruhlari ochiq hududga joylashtirildi va maxsus operatsiyalarni o‘tkazish rejalashtirildi.

Razvedka ma’lumotlari asosida kuch va vositalarning asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi. Mobil boshqaruv punktlarida ishlar uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda.

Bo‘linmalarni boshqarish va harakatlarini muvofiqlashtirishda eng muhim jihat — bu, shubhasiz, barqaror aloqaning tashkil ekani. Qo‘shinlarda aloqaning uzluksizligi ta’minlangan va muntazam qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Shu kunning o‘zida shturm hamda qo‘nish imkoniyatiga ega aviatsiya texnikalari yordamida shaxsiy tarkibni desantlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi, jangovar samolyot va vertolyotlar asosiy aerodromlardan zahiradagi harbiy okruglarning aerodromlariga olib o‘tildi. Kuch tuzilmalarining boshqaruv organlari bilan mustahkam aloqalar o‘rnatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-11-2018, 13:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют