» » Forbes’ning 2018-yilgi ro‘yxatiga bor-yo‘g‘i ikki nafar ayol kirdi

Forbes’ning 2018-yilgi ro‘yxatiga bor-yo‘g‘i ikki nafar ayol kirdi


Forbes har yili e’lon qilinadigan, hali 30 yoshga to‘lmagan eng ko‘p haq to‘lanadigan mashhurlar reytingini e’lon qildi. Bu haqda “Vedomosti” xabar berdi.

Ro‘yxatga Kim Kardashyan realiti-shousining amerikalik ishtirokchisining singlisi – 21 yoshli Kayli Jenner boshchilik qildi.

Shuningdek, u ro‘yxatning eng yosh ishtirokchisi sanaladi. So‘nggi yilda u shaxsiy Kylie Cosmetics kosmetika mahsulotlaridan 166,5 million AQSh dollari miqdorida daromad olgan. O‘tgan yili Jenner ro‘yxatda o‘ninchi o‘rinni egallagan bo‘lib, uning daromadi Forbes nashrining baholashicha to‘rt barobar kam bo‘lgan – 41 million AQSh dollari.

Ro‘yxatning ikkinchi o‘rnini britaniyalik 27 yoshli musiqachi Ed Shiran egalladi. U o‘z daromadining 110 million AQSh dollarini butunjahon turnesi orqali topdi. Undan keyin ro‘yxatdan 26 yoshli futbolchi Neymar joy egalladi. Braziliyalik sportchi “Pari Sen-Jermen” klubi bilan shartnoma imzoladi, bu esa unga 90 million AQSh dollari miqdorida daromad olib keldi.

Shiran va Neymar o‘tgan yili ushbu ro‘yxatga kirmagan.

Forbes’ning ushbu ro‘yxatiga bor-yo‘g‘i ikki nafar ayol kirdi. Jennerdan tashqari ro‘yxatda 28 yoshli amerikalik qo‘shiqchi Teylor Svift ham bor. U 80 million AQSh dollariga baholangan daromadi bilan ro‘yxatning to‘rtinchi pog‘onasidan joy egalladi.

Ro‘yxatning beshinchi pog‘onasida o‘tgan yil reytingning cho‘qqisida bo‘lgan 28 yoshli kanadalik musiqachi The Weeknd taxallusi bilan mashhur Eybel Tesfaye. Forbes uning daromadini 57 million AQSh dollariga baholadi, bir yil oldin – 92 million AQSh dollar.

Forbes ro‘yxatiga shuningdek, 29 yoshli amerikalik basketbolchi Jeyms Xarden (46,4 million AQSh dollari), 28 yoshli amerikalik dijey Endryu Taggart (45,5 million AQSh dollari), 28 yoshli meksikalik bokschi Saul Alvares (44,5 million AQSh dollari), 27 yoshli amerikalik futbolchi Derek Karr (42,1 million AQSh dollari) va 25 yoshli amerikalik golfchi Jordan Spit (41,2 million AQSh dollari) kirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-11-2018, 00:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 83) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют