» » XVJ O‘zbekistonda soliq islohotlarini amalga oshirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi

XVJ O‘zbekistonda soliq islohotlarini amalga oshirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi


2018-yilning 27-noyabridan 3-dekabriga qadar Toshkentda Xalqaro valyuta jamg‘armasining O‘zbekistonda soliq islohotlarini amalga oshirishda texnik ko‘maklashish bo‘yicha navbatdagi missiyasi amalga oshiriladi. Bu haqda “Daryo”ga Davlat soliq qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xabar berdi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi ekspertlarining tashrifi mobaynida Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati hamda mutaxassislari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Davlat soliq qo‘mitasi mutaxassislari Xalqaro valyuta jamg‘armasi ekspertlari bilan yangi soliq tartiblari yuzasidan fikr almashib, ularning samarali ijrosini ta’minlash yo‘llarini ko‘rib chiqadi.

Xorijiy ekspertlar O‘zbekiston soliq tizimini o‘rganish asosida soliq ma’muriyatchiligi bo‘yicha strategik chora-tadbirlar rejasining asosiy tarkibiy qismlarini taqdim etadi.

Bundan tashqari, tashrif doirasida O‘zbekistonda soliq tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi va hamkorlikning keyingi bosqichlari muhokama etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-11-2018, 20:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют