» » Samarqandda ikki tuman hokimiga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atildi

Samarqandda ikki tuman hokimiga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atildi


Vazirlar Mahkamasining “2019-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlari navlarini joylashtirish va boshoqli don yetishtirishning prognoz hajmlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Bosh prokuratura huzuridagi agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan muntazam nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda “Zarafshon” xabar bermoqda.

Mazkur tadbirlar davomida aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan 2 nafar mas’ul shaxs ogohlantirilib, 1 nafar shaxsga nisbatan intizomiy, 79 nafar shaxsga ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llanildi.

Jumladan, Jomboy tumani hokimi U.Nazarov va Oqdaryo tumani hokimi F.Abilov hukumat qarori ijrosiga mas’uliyatsizlik bilan yondashganligi uchun ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 198-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atildi.

Pastdarg‘om tumani suv iste’molchilar uyushmasi boshlig‘i Q.Xalilov o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan holda “Zarafshon” MMTP hududidagi g‘alla maydonlarini sug‘orish uchun ajratilgan suvni nazoratsiz qoldirganligi sababli ma’muriy jazolandi.

Shu kabi nazorat tadbirlari davomida boshoqli don ekishni asossiz ravishda kechiktirgan Oqdaryo tumanidagi “Avnamas-saxovatli diyor”, “Dahbet ne’matlari”, “Oqdaryo Navro‘z hosili”, “Jasur Oripov”, “Chorbog‘ kelajak bog‘lari”, “Xusenov Maxsud hosili”, ”Maxsum Bog‘lari”, “Begoyim”, “Madina-bonu bog‘i”, “Dahbet Diyorbek g‘allasi”, “Baraka” fermer xo‘jaliklari rahbarlariga ham ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llanildi.

“Jomboy don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining Urgut tuman don qabul qilish maskani mudiri Z.Mirzayev urug‘lik bug‘doyning muvofiqlik sertifikatini olmasdan tarqatgani aniqlanib, unga nisbatan ma’muriy javobgarlikka oid ish qo‘zg‘atildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-11-2018, 15:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют