» » Andijon viloyat adliya boshqarmasining 13 nafar xodimi intizomiy jazoga tortildi

Andijon viloyat adliya boshqarmasining 13 nafar xodimi intizomiy jazoga tortildi


Andijon viloyat adliya boshqarmasi va viloyatdagi notarial idoralar faoliyati joriy yilning 19—28-noyabr kunlari vazirlik ishchi guruhi tomonidan kompleks ravishda o‘rganildi. Bu haqda vazirlik jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma’lum qildi.

O‘rganish ishlari natijalari bo‘yicha aniqlangan holatlar va faoliyatda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hay’at majlisida atroflicha muhokama qilindi.

Majlisda ishchi guruhi a’zolari, viloyat adliya boshqarmasi markaziy apparati, tumanlar (shaharlar) adliya bo‘limlari xodimlari, shuningdek, davlat notarial idoralari notariuslari ishtirok etdi.

Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan majlisda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi.

Jumladan, ijro intizomi, murojaatlar bilan ishlash, moliya-iqtisod yo‘nalishi, kadrlarni joy-joyiga qo‘yish va yuridik xizmat faoliyati, shuningdek, notarial harakatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha qo‘pol xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi qayd etildi.

Majlisda 7 nafar xodimga “hayfsan” va 6 nafar xodimga “jarima” kabi intizomiy jazo choralari qo‘llanildi. 2 nafar xodim kelgusidagi ish faoliyati davomida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan taqdirda ularga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi haqida rasman ogohlantirildi.

Shuningdek, ish faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ygan va notarial harakatlarni rasmiylashtirishda qonun hujjatlari talablariga og‘ishmay rioya etib kelayotgan 3 nafar notarius hay’at majlisi qarori bilan rag‘batlantirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-12-2018, 10:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют