» » O‘zbekistonda 10 oy davomida jinoyatchilik 35 foizga kamaydi

O‘zbekistonda 10 oy davomida jinoyatchilik 35 foizga kamaydi


O‘zbekistonda joriy yilning o‘tgan 10 oyida respublikada jami 38 ming 445 ta jinoyat ro‘yxatga olingan bo‘lib, bu ko‘rsatkich avvalgi yilga nisbatan 21 ming 355 taga yoki 35,7 foizga kamaygan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “Xalq so‘zi”.

10 oy davomida respublikadagi 9015 ta mahallaning 2789 tasida umuman jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.

Shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan 3 million 124 ming 266 ta qoidabuzarlik holatlari aniqlanib, tegishli choralar ko‘rildi.

Qo‘riqlash xizmati tomonidan savdo shoxobchalari, bozorlar, umumiy ovqatlanish tarmoqlari, maktablar, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, madaniyat va istirohat bog‘larida videokuzatuv moslamalari o‘rnatilishi natijasida tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda 1424 ta jinoyatning oldi olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-12-2018, 11:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют