» » Angela Merkel G20 sammitiga reys samolyotida parvoz qildi

Angela Merkel G20 sammitiga reys samolyotida parvoz qildi


Germaniya kansleri Angela Merkel Argentinadagi G20 sammitiga Iberia aviakompaniyasiga qarashli reys samolyotida yetib bordi. Bu haqda Tjournal xabar berdi.

Germaniya hukumati rahbari Madridga yo‘l oldi, u yerdan esa Buenos—Ayresga parvoz qildi. Merkel bilan Argentinaga moliya vaziri Olaf Shols ham yo‘l oldi. Samolyot bortida hukumat a’zolarining paydo bo‘lishi sezilmay qolmadi. Foydalanuvchilar internetga kanslerning planshet va telefon bilan o‘rindiqda o‘tirgan suratini joyladi.

Bunday qarorga u hukumatga qarashli Konrad Adenauer layneri Kyolnda texnik nosozlik sababli majburiy qo‘nish amalga oshirganidan so‘ng keldi.

Hukumat layneridagi nosozlik sabab Merkel sammitning ochilish marosimi hamda bir qator uchrashuvlarni o‘tkazib yubordi, ammo shunday bo‘lsada Argentinaga muvaffaqiyatli yetib bordi hamda mamlakat rahbarlarining guruh suratlariga tushishga ulgurdi. Suratda u Putinning yonida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-12-2018, 11:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют