» » Harbiy sohada faoliyat olib boruvchi ilmiy kengashning kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishi o‘tkazildi

Harbiy sohada faoliyat olib boruvchi ilmiy kengashning kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishi o‘tkazildi


O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi Ilmiy kengashi o‘zining kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishini o‘tkazdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Unda Mudofaa vazirligi markaziy apparati boshqarmalari vakillari va Qurolli Kuchlar akdemiyasining professor o‘qituvchilari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda AKT vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Qurolli Kuchlar akademiyasi o‘quv-tarbiyaviy jarayoni va infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha 2019-yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” talablarini barchaga yetkazish, Akademiya ilmiy salohiyatini mustahkamlash, harbiy-ilmiy tadqiqotlar samaradorligini hamda professor-o‘qituvchilar tarkibining uslubiy mahoratini yanada oshirishga qaratilgan masalalar ko‘rib chiqildi.

O‘rtaga tashlangan savollar Akademiya boshlig‘i, uning o‘rinbosarlari, boshqa mas’ul shaxslar bilan birgalikda muhokama qilindi.

Ilmiy kengash yig‘ilishining yakunida bir qator savollar bo‘yicha, xususan, harbiy-ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, professor-o‘qituvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligini zamonaviy talablarga moslashtirish, “Yo‘l xaritasi”da ko‘rsatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish belgilab olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-12-2018, 11:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 125) ( 0) ( 124) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют