» » O‘zbekistonda davlat idoralari xodimlari va talabalardan 3 mingdan oshig‘i paxta yig‘im-terimida ishtirok etgani aniqlandi

O‘zbekistonda davlat idoralari xodimlari va talabalardan 3 mingdan oshig‘i paxta yig‘im-terimida ishtirok etgani aniqlandi


O‘zbekistonda joriy yil 25-sentabrdan 1-noyabrgacha paxta yig‘im-terimida bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha milliy monitoring o‘tkazildi. Bu haqda Kasaba uyushmalari federatsiyasi ma’lumotlariga tayanib, “Podrobno.uz” ma’lum qildi.

Tekshiruvlar davomida 39 ta holatda davlat idoralari, xo‘jalik sub’ektlari, sog‘liqni saqlash muassasalarining 3130 nafar xodimi (jumladan, 309 nafar talaba) yig‘im-terimga jalb etilgani qayd etildi.

Bu holatlarning eng ko‘pi Toshkent (10), Jizzax (8) va Andijon (6) viloyatlariga to‘g‘ri kelgan.

Shuningdek, mavsumda tadbirkorlik sub’ektlarining 81 nafar vakili qatnashgan.

Monitoring davomida paxta dalalarida 18 yoshdan kichik 33 nafar bola aniqlandi. Ulardan eng ko‘pi Samarqand viloyatida (16 nafar) kuzatilgan. Bolalardan 21 nafari bevosita paxta terayotgani ma’lum bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-12-2018, 19:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют