» » AQSh Parij kelishuvidan chiqish qarorini kuchda qoldirdi

AQSh Parij kelishuvidan chiqish qarorini kuchda qoldirdi


Iqlim bo‘yicha Parij kelishuvini imzolagan G20 mamlakatlarining 19 tasidan iborat guruhi uni bajarishga sodiqligicha qolmoqda. Biroq AQSh undan chiqish haqidagi qaroridan voz kechmadi. Bu haqda G20 ning Buenos-Ayresdagi sammiti yakunlari bo‘yicha chop etilgan deklaratsiyada ma’lum qilindi, deb yozadi “Interfaks”.

“Parij kelishuvini imzolagan tomonlar Parij kelishuvi buzilmas ekanligini va tomonlar uni bajarishga sodiqligini tasdiqlaydi”, — deyiladi hujjatda.

Unda, shuningdek, AQSh o‘z navbatida “Parij kelishuvidan chiqish haqidagi qarorida qolishini takrorlaydi” deyiladi.

Bundan tashqari, deklaratsiyada migratsiya muammolarini hal etish uchun birgalikda harakat qilish zarurati ta’kidlanadi.

O‘tgan yili AQSh prezidenti Donald Trampning ma’muriyati iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashish bo‘yicha Parij kelishuvidan chiqish haqidagi qarorini ma’lum qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-12-2018, 00:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют