» » Ukrainalik barcha dengizchilarga chegarani noqonuniy kesib o‘tish aybi e’lon qilindi

Ukrainalik barcha dengizchilarga chegarani noqonuniy kesib o‘tish aybi e’lon qilindi


Tergov qo‘lga olingan zahotiyoq 24 nafar ukrainalik dengizchiga davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish ayblovini rasman e’lon qildi. Bu haqda ish bo‘yicha figurantlardan birining advokati Nikolay Polozov ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.

“Ayblov barcha qo‘lga olinganlarga 27-noyabr kuniyoq e’lon qilingan edi”, — dedi u.

Advokat hibsga olingandan so‘ng himoyasi ostidagi shaxs bilan biror marta ham uchrasha olmaganligini ta’kidladi. “Shu munosabat bilan biror kishi aybini tan olgan-olmaganligini bilmayman ham”, — dedi u.

Ukrainalik dengizchilarga RF JKning 322-moddasi 3-qismi bo‘yicha ayblov e’lon qilingan bo‘lib, mazkur ayblov bo‘yicha jazo olti yillik qamoqni ko‘zda tutadi.

Eslatib o‘tamiz, Qora dengizda Rossiya va Ukraina kemalari bilan bog‘liq voqealar 25-noyabr kunidan buyon davom etmoqda. Rossiya federal xavfsizlik xizmati Ukrainaning uchta harbiy kemasi Rossiya hududiy suvlariga noqonuniy kirgani haqida xabar bergan. Ular Odessadan Mariupolga yo‘l olgan, ammo ularni Kerch bo‘g‘ozidan o‘tkazishmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-12-2018, 19:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют