» » Slobodyan: Rossiya ukrainalik chegarachilarni Federal xavfsizlik xizmati xodimlariga ayirboshlashi mumkin

Slobodyan: Rossiya ukrainalik chegarachilarni Federal xavfsizlik xizmati xodimlariga ayirboshlashi mumkin


Rossiyaliklar Sumi viloyatida chegarada qo‘lga olingan ikki nafar ukrainalik chegarachilarni qaytarib yuborish jarayonini ataylab cho‘zmoqda, ularni avvalroq Qrim bilan ma’muriy chegarada ushlangan Rossiya maxsus xizmatlari xodimlariga ayirboshlamoqchi. Bu haqda Ukraina Davlat chegara xizmati spikeri Oleg Slobodyan aytib o‘tdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Sumi viloyatida chegarani qo‘riqlash chog‘ida g‘oyib bo‘lgan chegarachilar bilan bog‘liq vaziyatni bitta uchrashuvdayoq hal qilish mumkin, ammo Rossiya tomoni muloqotga kirishishdan bosh tortmoqda.

Slobodyan qo‘shimcha qilishicha, yo‘qolgan harbiy xizmatchilar qayerda, qanday ahvolda ekanligi va qanday vaziyatda Rossiya hududiga tushib qolgani haligacha noma’lum.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (25-10-2017, 10:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют