» » Fransiyada 42 ming kishi mamlakat prezidentligiga Obamaning nomzodi ko‘rsatilishini xohlamoqda

Fransiyada 42 ming kishi mamlakat prezidentligiga Obamaning nomzodi ko‘rsatilishini xohlamoqda


Barak Obama nomzodini Fransiya prezidenti lavozimi uchun ilgari surish bilan bog‘liq petitsiya 42 mingdan ziyod imzo to‘pladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

“Ha, biz qila olamiz” so‘zlari Obama nomzodini ilgari surish kampaniyasi shioriga aylandi.

“Biz buni hazil deb aytishni istardik, biroq muammoning mohiyati shundan iboratki, Fransiya fuqarolari siyosatdan charchadi. Biz ushbu charchoq fuqarolarga AQShda bo‘lganidek, noto‘g‘ri nomzodga ovoz berishiga majbur qilishidan qo‘rqyapmiz”, — dedi tashkilotchilardan biri.

Aksiya tashkilotchilari 15-martga qadar millionta imzo to‘plashga umid qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh sobiq prezidentining Fransiyadagi muxlislari uni mazkur Yevropa davlati prezidentligi uchun nomzod sifatida ko‘rsatishni xohlayotgani xabar qilingan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-02-2017, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют