» » CNN: IShID boshliqlari G‘arbiy Mosuldan qochmoqda

CNN: IShID boshliqlari G‘arbiy Mosuldan qochmoqda


IShID boshliqlari Iroq armiyasi hujumi tufayli, G‘arbiy Mosuldan qochib ketmoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Iroq federal politsiyasi qo‘mondoni general-leytenant Raid Shokir Javdat CNN telekanaliga ma’lum qilishicha, ushbu tumandagi jangarilar bir-biridan ajralib qolgan, ularning boshliqlari esa shahardan qochmoqda. Terrorchilar, uning so‘zlariga ko‘ra, “shok holatida, o‘zlarini yo‘qotib qo‘ygan va mag‘lub bo‘lgan”.

“Bizning dala razvedkamiz qayd etishicha, terrorchilik tashkiloti qulamoqda, uning rahbariyati esa Mosuldan nariga qochmoqda”, — dedi iroqlik qo‘mondon.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (1-03-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 44) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют