» » O‘zbekistonda belgilanmagan asoslar bo‘yicha transport vositalarini to‘xtatib tekshirish taqiqlandi

O‘zbekistonda belgilanmagan asoslar bo‘yicha transport vositalarini to‘xtatib tekshirish taqiqlandi


Hukumat qarori bilan Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq yo‘l-patrul xizmati (YPX) xodimi tomonidan transport vositalari quyidagi asoslarga ko‘ra to‘xtatilishi mumkin:

Yo‘l harakati qoidalarining buzilishi vizual kuzatuvda aniqlanganda yoki maxsus moslamada qayd qilinganda;

Transport vositasi, haydovchi yoki yo‘lovchi qidiruvda ekanligi, yo‘l transport hodisasiga aloqador ekanligi haqida ma’lumotlar bo‘lganida;

Yo‘l-transport hodisasi, huquqbuzarlik sodir etilganligini ko‘rgan haydovchi yoki yo‘lovchidan hodisaga oydinlik kiritishga to‘g‘ri kelganida;

Harakatni cheklash yoki taqiqlash bo‘yicha ko‘rsatmalarni bajarishda;

Transportdan majburiy tartibda foydalanishga to‘g‘ri kelganida;

Maxsus tadbirlarni o‘tkazish jarayonida;

Transportdan foydalanish va boshqarish huquqini beruvchi, transport va yuklarga oid hujjatlar mavjudligini tekshirish uchun.

Boshqa asoslarga ko‘ra transportning to‘xtatilishi taqiqlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-12-2018, 15:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 8) ( 0) ( 7) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют