» » Farg‘onada 4 milliard so‘m mablag‘ evaziga yangi oilaviy poliklinika bunyod etildi (foto)

Farg‘onada 4 milliard so‘m mablag‘ evaziga yangi oilaviy poliklinika bunyod etildi (foto)


Konstitutsiya bayrami arafasida Farg‘ona shahridagi 5-oilaviy poliklinika binosi yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.

Yangi poliklinika qurilishiga 4 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarflandi. Zamonaviy qiyofa kasb etgan uch qavatli tibbiyot maskani viloyat hokimligi ko‘magida 300 million so‘mlik mebel jihozlari bilan ta’minlandi. Mazkur oilaviy poliklinikada 24 nafar malakali shifokor va 105 nafar hamshira aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi.

“Salomatlik-3” loyihasi asosida ro‘yxatxona va shifokorlar xonalari zamonaviy kompyuter tizimlari bilan ta’minlanib, lokal-hisoblash tarmoqlariga ulandi.

“Oilaviy poliklinika hududdagi qariyb 53 ming aholiga xizmat ko‘rsatadi. Poliklinikamizda kunduzgi stansionar bo‘limlari, ayollar, erkaklar va bolalar uchun alohida davolash xonalari hamda ijtimoiy dorixona tashkil etildi. Yana bir qulaylik, bemor shifokor qabuliga oldindan navbat olmay kelgan bo‘lsa, shu yerning o‘zida elektron tarzda navbatda turadi. Buning uchun har bir tashrif buyuruvchi maxsus o‘rnatilgan qurilma orqali o‘z tartib raqamini olib, monitorda navbati qachon kelishini kuzatib boradi”, – deydi 5-oilaviy poliklinika bosh shifokori Feruza Madaliyeva.

Oilaviy poliklinika “Elektron poliklinika” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ulangan. Bu tizim fuqarolarning yagona elektron tibbiy kartasini yuritish, onlayn tarzda shifokor qabuliga yozilish imkonini beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-12-2018, 17:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 138) ( 0) ( 137) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют