» » Britaniya va rossiyalik investorlar Toshkent viloyatida agrosanoat klasterini tashkil etadi

Britaniya va rossiyalik investorlar Toshkent viloyatida agrosanoat klasterini tashkil etadi


Toshkent viloyatida 225,8 mln dollarlik agrosanoat klasteri tashkil etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 1-dekabrdagi qarorida so‘z boradi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Paraglide Limited (Buyuk Britaniya) va “Petromaruz Kapital” (Rossiya) kompaniyalari Quyichirchiq tumanida tashkil etilayotgan TCT cluster korxonasi muassisi hisoblanadi.

35,4 ming gektar maydondagi klaster tarkibida 2019?2023-yillarda paxta xom ashyosi, g‘alla yetishtirish, to‘qimachilik, chorvachilik va baliqchilik majmualari, bog‘dorchilik, biogaz va biogumus ishlab chiqarish bo‘yicha 10 ta korxona tashkil etiladi.

Loyiha 185 mln dollarlik xorijiy kreditlar hamda chet ellik sheriklarning 40,8 mln dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari hisobidan moliyalashtiriladi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oktabrda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha birgalikda uchinchi mamlakatga eksport qilish uchun Rossiya korxonalari bilan kooperatsiyalarni kengaytirish taklifi bilan chiqqan edi. Jumladan, u agrosanoat sektori, to‘qimachilik sohasi va qurilish materiallarini ishlab chiqarishda klasterlar tashkil etish istiqbollarini ta’kidlab o‘tdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-12-2018, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют