» » Nyu-Yorkdagi CNN ofisida bomba haqidagi xabardan so‘ng to‘liq evakuatsiya o‘tkazildi

Nyu-Yorkdagi CNN ofisida bomba haqidagi xabardan so‘ng to‘liq evakuatsiya o‘tkazildi


Nyu-York politsiyasi bino minalashtirilgani haqidagi qo‘ng‘iroqdan so‘ng CNN ofisini to‘liq evakuatsiya qildi. Bu haqda Forum Daily ma’lum qildi.

Huquq-tartibot vakillariga ko‘ra, telekanalga qo‘ng‘iroq qilgan erkak CNN ofisi joylashgan Time Warner binosining turli joylariga 5 ta bomba qo‘yilganini ma’lum qilgan.

Telekanal xavfsizlik xizmati xodimlari ehtiyot chorasi sifatida evakuatsiyani amalga oshirgan va politsiyani chaqirgan. Politsiya ham binoda tintuv o‘tkazgan, biroq hech qanday shubhali buyumlar topilmagan.

Bino minalashtirilgani haqidagi qo‘ng‘iroq Donald Tramp Twitter’dagi sahifasida navbatdagi ravishda “yolg‘on xabarlar tahdidi” haqida yozuv qoldirganidan bir soat o‘tib-o‘tmay yangragani bildirilmoqda. AQSh prezidenti buni ko‘pincha CNN bilan bog‘liq holda keltiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-12-2018, 10:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют