» » “Temurbeklar maktabi”da ilk bor “Prokuror soati” darsi joriy etildi (foto)

“Temurbeklar maktabi”da ilk bor “Prokuror soati” darsi joriy etildi (foto)


“Temurbeklar maktabi”da Toshkent harbiy prokuraturasi tomonidan ilk bor asosiy dars jadvalidan tashqari “Prokuror soati” mashg‘uloti joriy etildi. Bu haqda “Daryo”ga Toshkent harbiy prokuraturasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan mazkur mashg‘ulotlar Farg‘ona, Samarqand hamda Xorazmdagi “Temurbeklar maktabi” tinglovchilari, shuningdek, Qurolli Kuchlari Akademiyasi kursantlar bilan ham joriy etilishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent harbiy okrugidagi harbiy qismlarda xizmat qilayotgan harbiylarning huquqiy savodxonligini yanada oshirish, xizmatning xavfsiz sharoitlarini ta’minlash, jinoyatchilikni oldini olish maqsadida xaftaning har payshanba kunlari Toshkent harbiy prokuraturasi tomonidan huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-12-2018, 12:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют