» » “River Pleyt” “Boka Xuniors”ni mag‘lub etib, Libertadores kubogi sohibi bo‘ldi (video)?

“River Pleyt” “Boka Xuniors”ni mag‘lub etib, Libertadores kubogi sohibi bo‘ldi (video)?


9-dekabr, yakshanba oqshomida futbol bo‘yicha Libertadores kubogining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ikki o‘yindan iborat finalning javob uchrashuvi Madriddagi “Santyago Bernabeu” stadionida o‘tkazildi. Unda “River Pleyt” jamoasi “Boka Xuniors” bilan bellashdi. Finalning birinchi o‘yinida 2:2 hisobi qayd etilgandi. Ikkinchi bellashuvda esa “River Pleyt” 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlangan bo‘lsa, qo‘shimcha bo‘limlarda 1 kishi kam o‘ynagan “Boka Xuniors” darvozasi 2 marta ishg‘ol etildi.

Natijada “River Pleyt” o‘z tarixida 4-marta Libertadores kubogini qo‘lga kiritdi.

Libertadores kubogi

Final bellashuvi

9-dekabr, yakshanba

Gollar: 0:1 – 44 Benedetto, 1:1 – 68 Pratto, 2:1 – 109 Kintero, 3:1 – 120 Martines.

“River Pleyt”: Armani, Maydana, Kasko, Montiyel (Mayyada, 74), Pinola, Peres, Ponsio (Kintero, 58), Palasios (Alvares, 97), Fernandes (Sukulini, 111), Martines, Pratto.

“Boka Xuniors”: Andrada, Magalyan, Iskyerdos, Olasa, Buffarini (Teves, 111), Nandes, Barrios, Peres (Gago, 89), Pavon, Vilya (Xara, 96), Benedetto (Abila, 62).

Ogohlantirishlar: Ponsio (27), Peres (43), Fernandes (81), Maydana (83), Barrios (87), Teves (120), Kasko (120).

Chetlatish: Barrios (92).

Birinchi o‘yin – 2:2



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-12-2018, 03:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют