» » “Gremio” Jahon Chempionati finaliga chiqdi. Bugun “Al-Jazira” Madridning “Real” klubiga qarshi saf tortadi

“Gremio” Jahon Chempionati finaliga chiqdi. Bugun “Al-Jazira” Madridning “Real” klubiga qarshi saf tortadi


Amirliklarda o‘tayotgan futbol bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida birinchi finalchi nomi aniq bo‘ldi.

Bu yo‘lda Libertadores Kubogi g‘olibi hisoblangan Braziliyaning “Gremio” klubi “Pachuka” ustidan muvaffaqiyat qozondi. O‘yin asosiy vaqtida hisob ochilmadi. 15 daqiqadan belgilangan ikki qo‘shimcha taymning birinchisida braziliyalik futbolchilar keyinchalik yagona bo‘lib qolgan golni urishga erishdi.

CONCACAF yetakchisi sifatida Jahon Chempionatiga yetib kelgan Meksikaning “Pachuka” klubi chorak finalda ham 120 daqiqa o‘ynashga majbur bo‘lib, xuddi shunday yagona gol sabab Afrika qit’asi yetakchisi hisoblangan Marokashning “Vidad Kasablanka” klubini turnirdan chiqarib yuborgandi. “Gremio” esa mundialga aynan yarim final bosqichidan qo‘shilgandi.

Bugun — 13-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 22:00 da yarim finalning ikkinchi o‘yini bo‘lib o‘tadi va unda “Al-Jazira” Yevropa Chempionlar Ligasining g‘olibi sifatida BAAga yetib kelgan “Real” sinovidan o‘tadi. Madridliklar ham musobaqaga “Gremio” kabi yarim finaldan boshlab qo‘shilmoqda.

O‘zbekistonlik futbolchi Sardor Rashidov harakat qiladigan “Al-Jazira” BAA chempioni sifatida mundialda ishtirok etmoqda. Klub yarim finalga qadar Yangi Zelandiyaning “Oklend Siti” hamda Yaponiyaning “Urava Red” klublarini bir xilda — 1:0 hisoblarida taslim qilishga erishdi. Mazkur ikki bellashuvda Rashidov maydonga tushirilmadi.

“Al-Jazira” — “Real Madrid” o‘yini Futbol-TV telekanalida jonli namoyish etiladi.

Jahon Chempionati

Yarim final

12-dekabr, seshanba

Gol: Everton, 95 (1:0).

13-dekabr, chorshanba

“Al-Jazira” (BAA) — “Real Madrid” (Ispaniya) 22:00 Futbol-TV

Опубликовано: admin (13-12-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют