» » Farg‘ona anorlari AQSh va Yevropada mahalliylashtirilmoqda

Farg‘ona anorlari AQSh va Yevropada mahalliylashtirilmoqda


Quva tumanida 470 ta fermer xo‘jaligi 1800 gektar maydonda anor yetishtirish bilan shug‘ullanmoqda. 835 gektar maydonda yangi anorzorlar barpo etishga kirishilgan. Bu xaqda O‘zA xabar bermoqda.

“Farg‘ona anorchilik” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi agrofirmada ham soha rivoji yo‘lida yangi loyiha amalga oshirilmoqda. Anor yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va tayyor mahsulotlarni eksport qilish hamda ekoturizm xizmatlari ko‘rsatishga ixtisoslashgan agrofirmaning 300 gektar yerida anorning 10 dan ortiq xaridorgir, eksportbop navlari parvarishlanmoqda. Ikki yil ichida anorzor plantatsiyasining 80 foizi hosilga kirdi. Bu yil 200 ming tup anor ko‘chati qalamchalari tayyorlanib, ko‘chatchilik tarmog‘iga asos solindi.

2019-yildan yiliga 10 million dona anor ko‘chati tayyorlash va buyurtmachilarga yetkazib berish ko‘zda tutilmoqda. Hozirgi kunda Janubiy Koreya, Malayziya, Eron, Chili, Ozarbayjon singari o‘nlab mamlakatda Farg‘ona anorchiligi tajribasini o‘rganishga qiziqish katta. Vatani Farg‘ona viloyati bo‘lgan qayum, qozoqi kabi anor navlari bugungi kunda AQSh va Yevropa davlatlarida mahalliylashtirilmoqda.

2025-yilgacha anorzor maydonini 2 ming gektarga yetkazish rejalashtirilgan. Anorzorlar to‘liq hosilga kirgach, 10 ming tonna mahsulot yetishtiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-12-2018, 08:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют