» » “O‘zbekiston anori” brendi yaratiladi

“O‘zbekiston anori” brendi yaratiladi


Shavkat Mirziyoyev Quva tumanidagi “Farg‘ona anorchilik” agrofirmasi faoliyati bilan tanishganidan so‘ng anorchilik bo‘yicha ilmiy markaz, Farg‘ona davlat universitetida kafedra tashkil etish, Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda gen texnologiyasini rivojlantirish, “O‘zbekiston anori” brendini yaratish, danaksiz anor navlarini o‘zlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Innovatsiya vazirligi mazkur topshiriqlarni amalga oshirishga kirishdi. Avvalo, 500 gektar maydonda anor nihollarini yetishtirishga mo‘ljallangan ko‘chatxona tashkil qilish yuzasidan tashkiliy ishlar boshlab yuborildi. Fanlar akademiyasining Genomika va bioinformatika markazi mas’ullariga respublika hududidagi 40 ga yaqin anor navlarining molekulyar-genetik pasportini yaratish bo‘yicha vazifa yuklatildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Qishloq xo‘jaligi va Innovatsion rivojlanish vazirliklari hamda Farg‘ona viloyati hokimligi 2018–2019-o‘quv yilidan boshlab anorchilik xo‘jaliklariga oliy malakali kadrlar tayyorlash uchun Farg‘ona davlat universitetida “Agronomiya” (anorchilik) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish, kafedra va magistratura mutaxassisliklarini ochishga kelishib oldi.

Mazkur ta’lim yo‘nalishi ochilishini inobatga olib, qand miqdori yuqori bo‘lgan hosildor navli ko‘chatlarni yetishtirish, anor kasalliklari xamda zararkunandalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqilmoqda.

Qaror loyihasida 2018—2019-o‘quv yilida yangi yo‘nalish bo‘yicha qabul kvotasining belgilanishi, mutaxassislarni jalb etish, chet el tajribalarini o‘rganish uchun ularni malaka oshirishga yuborish, ko‘chat yetishtirish ishlarini tashkillashtirish, issiqxona, o‘quv-tajriba maydoni va laboratoriyalar tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan yer maydonlarini ajratish va ularni budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish masalalari inobatga olinishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют