» » Andijonda bosh sovriniga Cobalt va Spark qo‘yilgan ko‘pkari musobaqasi o‘tkazildi (foto)

Andijonda bosh sovriniga Cobalt va Spark qo‘yilgan ko‘pkari musobaqasi o‘tkazildi (foto)


Andijonda qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan hosil bayrami bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Ulug‘nor tumanidagi Oq oltin qishlog‘ida 18 gektar maydonda viloyatdagi barcha shahar va tumanlar chodirlari qad rostladi. Tadbirda 700 nafar chavandoz ishtirokida uloq-ko‘pkari musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqada Namangan, Farg‘ona, Jizzax, Toshkent viloyatlaridan tashqari, qo‘shni Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozoqiston davlatlaridan kelgan chavandozlar ham ishtirok etdi.

Bahslarda Andijon tumanining Bo‘taqora qishlog‘ilik Sulaymon polvon Mamasoliyev viloyat hokimi tomonidan qo‘yilgan bosh sovrin — Cobalt avtomashinasiga ega chiqdi. Jalolobod viloyati Suzok tumanilik Abduhalil polvon Sarikov esa Spark avtomashinasi bilan taqdirlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-12-2018, 14:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 129) ( 0) ( 126) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют