» » Uchta kamerali Samsung Galaxy A8s smartfoni rasman taqdim etildi

Uchta kamerali Samsung Galaxy A8s smartfoni rasman taqdim etildi


Samsung kompaniyasi ekranida o‘yiq bo‘lgan Samsung Galaxy A8s smartfonini taqdim etdi. Smartfon kompaniyaning ekranida o‘yiq bo‘lgan va Infinity-O displeyi bilan jihozlangan birinchi qurilmasi bo‘ldi. Shuningdek, u Galaxy qatorining quloqchinlar uchun portga ega bo‘lmagan birinchi qurilmasi ham bo‘lgan. Bu haqda Hi-Tech Mail.Ru xabar berdi.

Kamera uchun o‘yiq ancha katta bo‘lgan, rom esa bilinib turadi. Yangi qurilma 6,4 dyuymli displey bilan jihozlangan. Smartfon Snapdragon 710 protsessorida 8 gigabaytli tezkor xotira va 128 gigabaytli doimiy xotira bilan ishlaydi. Unga Android 8,1 Oreo operatsion tizimi o‘rnatilgan.

Smartfonning 10 megapiksel, 24 megapiksel va 5 megapikselli asosiy kameralari bo‘lib, selfi uchun mo‘ljallangan old kamera 24 megapikselli. Gadjet USB-C porti, orqa tomonda joylashgan barmoq izini oluvchi skanerga ega. Akkumulyator sig‘imi 3300 milliamper/soatni tashkil qiladi.

Galaxy A8s ikki tomondan 3D oyna bilan qoplangan, rom metalldan tayyorlangan. Qurilma qora, kulrang va yashil ranglarda ishlab chiqiladi va ranglar yorug‘lik tushish burchagiga bog‘liq holda tuslanadi. Qurilmaning narxi 21-dekabr kuni e’lon qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-12-2018, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют