» » O‘zbekiston delegatsiyasi Qozog‘istonda sil kasalliklari bo‘yicha mintaqaviy uchrashuvda ishtirok etdi

O‘zbekiston delegatsiyasi Qozog‘istonda sil kasalliklari bo‘yicha mintaqaviy uchrashuvda ishtirok etdi


5—6-dekabr kunlari O‘zbekiston delegatsiyasi Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonlik hamkasblari bilan birgalikda Qozog‘istonning Ostona shahrida tashkil etilgan “Migratsiya va sil kasalligi: Markaziy Osiyo mintaqasida sil kasalligini nazorat qilish va oldini olish” mavzusidagi 4-yuqori darajali mintaqaviy uchrashuvda ishtirok etdi. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati “Daryo” ga xabar berdi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, Milliy SK Markazi va Mehnat vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakillari hamda hududiy sil kasalliklari shifoxonalarining bosh shifokorlarining mazkur uchrashuvda ishtirok etishlari uchun AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamda OITS, sil va bezgakka qarshi kurashish Global Jamg‘armasi yordam berdi.

Uchrashuv davomida davlat organlari, sil kasalliklari bo‘yicha milliy dasturlar, migratsiya xizmatlari, xalqaro tashkilotlar ekspertlari va fuqarolik jamiyati tashkilotlari vakillari o‘tgan yilgi chora-tadbirlar rejasi amalga oshirilishining natijalarini ko‘rib chiqdilar hamda ko‘p tomonlama hamkorlikni davom ettirish va mehnat migrantlari o‘rtasida sil kasalliklarini aniqlash va davolashni takomillashtirish borasida o‘z bilimlari va ilg‘or tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Ishtirokchilar shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasida sil kasalligini tugatish bo‘yicha BMT Bosh Assambleyasining rezolyutsiyasini tadbiq etish yo‘nalishidagi keyingi qadamlarni aniqladi.

Uchrashuv Markaziy Osiyoda silga qarshi kurashni takomillashtirish, ijtimoiy tamg‘alashga qarshi kurashish, muhojirlar uchun sil kasalligi borasida bilim berishni yaxshilash hamda hukumatlar va xalqaro tashkilotlar o‘rtasida axborot almashinuvini takomillashtirish bo‘yicha qaror va tavsiyalarni qabul qilish bilan yakunlandi. Uchrashuv rezolyutsiyasi mintaqaviy migratsiya masalalari bilan shug‘ullanayotgan barcha hukumatlarga yuboriladi. Uchrashuvdan so‘ng ishtirokchilar mintaqaviy sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish maqsadida kelgusi yil uchun harakat rejasini va yo‘l xaritasini ishlab chiqadi.

Qo‘shma shtatlar, USAID’ning silga qarshi kurash dasturi orqali, O‘zbekiston hukumati bilan sil kasalligini, ayniqsa, uning ko‘p dori-darmonga turg‘un bo‘lgan ko‘rinishlarini kamaytirish maqsadida ish olib boradi. USAID’ning besh yillik 7,6 million AQSh dollari miqdorida byudjetga ega bo‘lgan sil kasalligiga qarshi kurashish dasturi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga laboratoriyalarni modernizatsiya qilish, bemorlar uchun sil kasalligini aniqlash va davolanish imkoniyatlarini kengaytirish, sog‘liqni saqlash mutaxassislarini tayyorlash, silga qarshi xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, bemorlar va ularning oilalariga yordam berish orqali silga qarshi kurash milliy dasturini bajarishga yordam bermoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-12-2018, 12:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют