» » AQSh va O‘zbekiston innovatsion masofaviy o‘qitish va monitoring markazini ochdi

AQSh va O‘zbekiston innovatsion masofaviy o‘qitish va monitoring markazini ochdi


AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida Innovatsion masofaviy o‘qitish va monitoring markazini va Buxoro viloyatida uning sho‘basini ochdi. Bu haqda Toshkentdagi AQSh elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.

USAID yordamida tashkil etilgan Innovatsion masofaviy o‘qitish va monitoring markazi tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirishga o‘z hissasini qo‘shadi hamda tibbiy xizmat mutaxassislariga va butun O‘zbekiston bo‘ylab tibbiyot bilim yurtlari talabalariga joylarda va masofaviy uslubda klinik maslahatlar berish va ustozlik qilishni yo‘lga qo‘yadi. Taqdimot marosimi Toshkentdagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bo‘lib o‘tdi.

USAID o‘zining Sil kasalligiga qarshi kurashish dasturi orqali texnik yordam ko‘rsatdi va markazga  video-konferensiya, axborot texnologiyalari va ofis uskunalarini taqdim etdi. Bu Toshkent shahridagi Innovatsion masofaviy o‘qitish va monitoring markazidagi shifokorlarga Buxoro viloyat sil kasalliklari shifoxonasidagi hamkasblari bilan onlayn tibbiy konsultatsiyalar o‘tkazish imkonini beradi. Bu esa sil kasalligini aniq va tez diagnostika qilish va davolash maqsadida bilim va klinik tajriba almashish uchun imkoniyat eshigini ochadi. Shuningdek, Markaz mintaqaviy sil kasalliklari muassasalaridagi tibbiy xodimlar uchun masofaviy o‘qitish vositasi sifatida xizmat qiladi.

Ushbu uskunani olishdan avval sog‘liqni saqlash xodimlari klinik maslahatlar olish va treninglarda ishtirok etish uchun yuzlab kilometr masofani bosib, O‘zbekiston poytaxtiga borishar edi. O‘zbekistonning boshqa viloyatlarida ham Markazning sho‘balari ochiladi va bu butun mamlakat bo‘ylab sil kasalligi bo‘yicha mutaxassislarni samarali ravishda bog‘laydi. Bu esa ta’limning tarmokli foydalanish imkoniyati va birgalikda qaror qabul qilish imkonini beradi. Bu, o‘z navbatida, sil kasalligi bo‘yicha xizmatlarning sifati va ulardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilaydi.

Innovatsion masofaviy o‘qitish va monitoring markazini ochish va jihozlash bilan bir qatorda, USAID O‘zbekiston bo‘ylab sil kasalligi bo‘yicha mutaxassislarni Rutgers universiteti Global Sil kasalliklari institutiga (AQSh), Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikdagi ko‘p sonli dorilarga turg‘un sil kasalligini o‘rganish tadqiqot va trening markaziga (Latviya), Sil kasalliklari bo‘yicha milliy o‘qitish markazi (Tojikiston) ga o‘qish va o‘rganish maqsadidagi safarlarini amalga oshirishga ko‘maklashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2018, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют