» » Toshkent viloyatida faoliyat yurituvchi imom-xatiblar Islom sivilizatsiyasi markazi bilan tanishdi

Toshkent viloyatida faoliyat yurituvchi imom-xatiblar Islom sivilizatsiyasi markazi bilan tanishdi


Toshkent viloyatida faoliyat yurituvchi bir guruh imom-xatiblar Islom sivilizatsiyasi markazining qurilish jarayoni, markazda kelgusida yaratiladigan sharoit va faoliyat yo‘nalishlari bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Toshkent viloyati hokimligi tomonidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston Musulmonlari idorasi bilan hamkorlikda viloyatdagi imom-xatiblar va otinoyilarning malakasini oshirish maqsadida o‘quv seminarlari tashkil etilgan.

Navbatdagi o‘quv mashg‘ulotida viloyatning Yangiyo‘l shahri, Zangiota, Toshkent va Yangiyo‘l tumani imom-xatiblari uchun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida, mazkur tuman va shahar otinoyilari uchun Toshkent islom institutida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Joriy yilning 14-noyabridan buyon o‘tkazib kelinayotgan haftalik o‘quv mashg‘ulotlariga viloyatdagi barcha imom-xatib va otinoyilar jalb etilgan. O‘qish barobarida qatnashchilar poytaxtdagi yetuk ilm-ma’rifat maskanlari, xususan, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi va Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati bilan tanishmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-12-2018, 23:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 119) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют