» » Rossiya O‘zbekiston issiqlik elektr stansiyalarini modernizatsiya qilishga ko‘mak beradi

Rossiya O‘zbekiston issiqlik elektr stansiyalarini modernizatsiya qilishga ko‘mak beradi


“O‘zbekenergo” boshqaruv raisi Ulug‘bek Mustafoyev, Rossiya Energetika vazirligi departamenti rahbari Aleksey Kiryakov va “Inter RAO YeES” kompaniyasi vakili Sergey Perevedensev Toshkent shahrida uchrashdi. Bu haqda “O‘zbekenergo” matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Tomonlar issiqlik elektr stansiyalarini modernizatsiya qilish va elektr energiyasi ishlab chiqarishning yangi quvvatlarini barpo etish masalalarini muhokama qildi.

Jumladan, to‘rtta issiqlik elektr stansiyasidagi 18 ta energoblokni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, shuningdek, Toshkent viloyatidagi Angren va Yangi Angren issiqlik elektr stansiyalarini ishonchli boshqaruvga o‘tkazish uchun o‘zaro hamkorlik masalalari tahlil qilindi.

“Inter RAO YeES” — energetik xolding, elektr energiyasi eksport-importi bo‘yicha Rossiyadagi yagona operator.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-12-2018, 20:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют