» » Prezident farmoniga muvofiq 2019-yil 1-yanvardan barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalar to‘liq miqdorda to‘lanadi

Prezident farmoniga muvofiq 2019-yil 1-yanvardan barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalar to‘liq miqdorda to‘lanadi


O‘zbekiston Prezidenti “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matnini O‘zA e’lon qildi.

Farmon Pensionerlarni ijtimoiy jihatdan yanada qo‘llab-quvvatlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda ularning salohiyati, tajribasi va bilimini to‘laqonli jalb qilish, pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish, shuningdek, mazkur yo‘nalishda xalqaro tamoyil va standartlarni joriy etish maqsadida qabul qilingan.

Unga ko‘ra, 2019-yil 1-yanvardan boshlab barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalar to‘liq miqdorda to‘lanadi. Shuningdek, 2019-yil 1-yanvardan pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori eng kam oylik ish haqining sakkiz barobaridan o‘n barobarigacha oshiriladi.

Moliya vazirligi va Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi 2019 yil 1 yanvardan pensiyani hisoblashda qabul qilinadigan ish haqining maksimal miqdori oshirilishini hisobga olgan holda pensiyalar miqdori qaytadan hisoblab chiqilishini ta’minlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-12-2018, 21:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют