» » “O‘zbekenergo” Rossiya vakillari bilan mamlakatdagi 18 ta energoblok modernizatsiyasini muhokama qildi

“O‘zbekenergo” Rossiya vakillari bilan mamlakatdagi 18 ta energoblok modernizatsiyasini muhokama qildi


“O‘zbekenergo” AJda Rossiya energetika vazirligi departamenti boshlig‘i Aleksey Kiryakov hamda “Inter RAO EES” kompaniyasi vakili Sergey Perevedensev bilan jamiyat rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

“O‘zbekenergo” AJ matbuot xizmatiga ko‘ra, uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, issiqlik elektr stansiyalarini modernizatsiya qilish, yangi elektr energiya ishlab chiqarish quvvatlarini hamkorlikda qurish masalalarini muhokama qilgan.

Energetika sohasida o‘zaro aloqalarni mustahkamlash ikki tomon uchun ham manfaatli ekanligi ta’kidlanib, bu borada qilinishi lozim bo‘lgan masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, o‘zaro muloqotda “Toshkent IES”, “Navoiy IES”, “Taxiatosh IES” va “Angren IES”da jami 18 ta energoblokni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish hamda “O‘zbekenergo” AJning “Angren IES” va “Yangi Angren IES”ga ishonchli va innovatsion boshqaruvga o‘tish uchun o‘zaro hamkorlik aloqalarini amalga oshirish borasidagi masalalar yuzasidan fikr almashildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-12-2018, 22:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют